Sahroda arablar ushbu usulni nima sababdan qoʻllashadi? Bir qarashda, bu juda gʻalati va hatto shafqatsiz tuyulishi mumkin. Kimdir buni jazo chorasi deb ham oʻylaydi. Lekin aslida buning oʻziga xos sababi bor. Sahroda tuyalar orasida oʻta xavfli bir kasallik uchraydi, uni surra (su-auru) deb atashadi. Tuya bu kasallikka chalinganida yeb-ichishdan toʻxtaydi, quyosh koʻtarilganidan to botgunicha koʻzlarini koʻkka qadagancha qotib turadi va jon taslim qilguniga qadar shu holatda qoladi. Agar davolanmasa, tuya bir necha kun ichida nobud boʻladi. Eng yomoni, kasallik boshqa tuyalar orasida ham tez tarqaladi. Bu kasallikni davolash uchun tuyaga zaharli tirik ilon yediriladi, keyin esa koʻzidan yosh ajralib chiqqunicha suv ichiriladi. Ushbu koʻz yoshlari tuyalar azob chekadigan bir qancha kasalliklarga qarshi zardob vazifasini oʻtaydi. Bir necha kundan keyin tuya odatda oʻziga kela boshlaydi.
Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.
