AQShning Arizona universiteti Mikrobiologiya boʻlimi olimlari olib borgan tadqiqotlari natijasida xonadonimizdagi eng mikrobli 10 ta ashyoni aniqlashdi. Ular quyidagilar:

1. Oshxonamizdagi taxtakach. Taxtakashni doimo issiq suvda yuvib, soʻng yaxshilab artish lozim. Mutaxassislarning tavsiya etishicha, oshxonada kamida 6 ta taxtakach ishlatish lozim: tovuq, baliq, goʻsht mahsulotlari, qaynatilgan sabzavotlar, non, mevalar uchun alohida-alohida boʻlishi shart.

2. Uy telefoni goʻshagi. Telefon apparati goʻshagini 2-3 kunda yaxshilab artib turish kerak. Uni tozalash uchun goʻshakni avval nam, keyin quruq latta bilan artish maqsadga muvofiq.

3. Idish-tovoq uchun “mochalka”. Uni har xafta yangilab turish kerak.

4. Hammom pardasi. Hammomdagi pardani almashtirib turilmasa, u oʻziga yigʻgan barcha zararli mikroblarni tarqatadi.

5. Axlat chelak. Oshxona, hammomdagi axlat chelakni bir oyda 2 marta maxsus suyuqliklar bilan dizenfeksiyalash kerak.

6. Kir yuvish mashinasi. Kir yuvish mashinasi ham oʻzida mikroblarni toʻplash xususiyatiga ega. Kir yuvish mashinasi ichidagi rezina zichlagichni ham 1 oyda 2 marta maxsus suyuqliklar bilan dizenfeksiyalash lozim.

7. Pulʼt. Qoʻldan-qoʻlga oʻtadigan pulʼtni tozalash uchun qogʻoz sochiqchadan foydalanishingiz mumkin.

8. Eshik dastagi. Uy tozalash vaqtida ahamiyatsizdek tuyilgan eshik dastagi mikroblar oʻchogʻi hisoblanadi. Eshik dastagini har kuni antibakteriyali nam sochiqda artish kerak.

9. Tish choʻtkasi. Tish choʻtkasi tishlarimizni tozalab beradi, ammo aslida uning oʻzi yordamga muhtoj hisoblanadi. Uni tozalash uchun tish pastasining oʻzi kifoya. Tish pastasi bilan uni issiq suvda yuvishingiz kerak. Tish choʻtkasini vaqti-vaqti bilan yangisiga alshamtirib turish mavsadga muvofiq.

10. Kompʼyuter klaviaturasi va sichqoncha. Uni tozalash uchun, avvalo, kompʼyuterni tokdan sugʻuriladi, soʻngra changyutgichning yumshoq choʻtkasi bilan klaviatura tozalanadi. Avval nam mato bilan, soʻng quruq matoda artiladi.