Maʼlumki, inson salomatligi uchun sogʻlom uyquning (kuniga 7-8 soat) ham ahamiyati katta. Chunki toʻyib uxlamaydigan odam organizmida turli salbiy oʻzgarishlar – yurak-qon tomir kasalliklaridan tortib, asab zoʻriqishi, semirish va boshqa xastaliklar yuzaga keladi.
Kaltsiy va magniy kabi mikroelementlar sokinlashtiruvchi xususiyatga ega boʻlib, bezovtalik, ruhiy hayajon, ichki siqilish hissini bartaraf etadi va shu orqali uyquni meʼyorlashtiradi. Inson belgilangan vaqtda toʻyib uxlashi va hordiq olishi uchun D, E, C va V guruhi vitaminlari ham zarurdir.
Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.
