• Energiya manbaidir. Xurmo tarkibidagi katta miqdordagi glyukoza, fruktoza va saxaroza organizmga kuch beradi. Tabiiy sharoitda yetishtirilgan xurmo tamaddi qilish kunduzgi holsizlikni bartaraf etadi.
• Miya uchun ozuqadir. Fenol birikmalari va tabiiy antioksidantlarga ega boʻlib, Altsgeymer kasalligining oldini oladi.
• Qabziyatni bartaraf etadi. Uning tarkibidagi moddalar oshqozon-ichak trakti uchun foydali.
• Xurmo tarkibidagi vitamin va minerallar, xususan temir moddasi temir tanqisligi sababli vujudga kelgan kamqonlik alomatlarini yengillashtiradi.
• Yurak kasalliklarining oldini oladi. Tadqiqotlarga koʻra, xurmo qon tomirlarida yogʻ toʻplanishiga olib keladigan triglitserid darajasini pasaytiradi va qon-tomir kasalliklariga chalinish xavfini kamaytiradi.
• Koʻz nurini asraydi. Xurmodagi karotinoid moddasi koʻrish qobiliyatini saqlab qolishda muhimdir.
• Suyaklarni mustahkamlaydi. Xurmodagi boʻr moddasi suyaklar salomatligini yaxshilaydi va osteoporoz kasalligini davolashda qoʻllaniladi.
• Allergiyani kamaytiradi. Xurmo isteʼmolidan soʻng allergik rinitga chalingan bemorlarda ijobiy oʻzgarishlar qayd etilgan.
Mahliyo XOLOVA tayyorladi.
