Insoniy fazilatlar buyuk insonlarni yanada mashhur qiladilar. Masalan, “Titanik” kemasi choʻkib ketgan paytda bortda boʻlgan Jon Jeykob Astor IV ismli millionerning bank hisobida 30 ta “Titanik”ni qurishga yetarli puli boʻlgan. Biroq, oʻlim xavf solib turganda, u oʻzi axloqan toʻgʻri deb hisoblagan yoʻlni tanlagan va qutqaruv qayigʻidagi oʻrnini qattiq qoʻrquvga tushgan ikki nafar bolaga boʻshatib bergan.
“Titanik”da yoʻlga chiqqan yana bir milliarder, Amerikaning eng yirik “Macyʼs” doʻkonlari tarmogʻi egasi Isidor Strauss “Men boshqa erkaklardan oldin qutqaruv qayigʻiga chiqmayman”, deya taklifni rad etgan. Umrining soʻnggi daqiqalarida erining yonida boʻlishga qaror qilgan rafiqasi ham qayiqqa chiqishdan bosh tortgan va oʻz oʻrnini yaqinda ishga yollagan xizmatchi ayoli Ellen Berdga bergan...
Garchi kema falokati qaygʻuli hodisa sifatida eslansa-da, bu kabi misollardan oʻzimizga xulosalar qilishimiz lozim. Vaholanki, ular oʻshanda oʻz jonlarini saqlab qolganlarida hozir bu voqealarni boshqacha tarzda oʻqiyotgan boʻlardik...
