Bilasizmi?
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida 3,6 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,5 mln. nafarga yoki 3,2 baravarga oshgan.
Oʻzbekistonga 9 oyda oyda eng koʻp fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan davlatlar roʻyxatida Qozogʻiston (1076,2 ming), Qirgʻiz R. (952,1 ming) va Tojikiston (950,3 ming) yetakchilik qilmoqda. Rossiya (395,1 ming) va Turkiya (53,3 ming) ham kuchli beshlikdan oʻrin olgan.
