Qadim zamonlarda bir odam daryo ustiga koʻprik quribdi va bu qirgʻoqdan narigisiga oʻtishni xohlagan yoʻlovchilardan 1 tanga miqdorida toʻlov ola boshlabdi. Odamlar uning bu ishi uchun yoqtirmas, hatto salom berishni ham oʻzlariga ep koʻrishmasdi.
Vaqti-soati yetib, u ogʻir xastalanibdi va umri yakuniga yetib qolganini his qilibdi. Shunda oʻgʻli undan soʻnggi tilagini soʻrabdi. Ota shunday debdi: «Men insonlarga hech yaxshilik qilmadim. Ular bilan doim qoʻrs muomalada boʻldim. Umrim davomida hech kim meni yaxshi koʻrmadi. Qaniydi, qazoyimdan soʻng meni yaxshi soʻzlar bilan tilga olishsa. Afsuski, endi buning iloji yoʻq». Yigit esa ishonch bilan unga: «Istagingizni bajo keltiraman», debdi.
Otasining vafotidan keyin oʻgʻil koʻprikdan oʻtish narxini 3 tanga qilib belgilabdi. Odamlar esa oʻzaro bir-biri bilan pichirlasha boshlabdi:
– Noinsof. Gʻirt vijdonsiz ekan bu yigit. Otasi harholda yaxshi inson edi. Atigi 1 tanga olardi.
Rus tilidan
Gulchehra AZIMOVA tarjimasi.
