Bu bola faqat sinf emas, butun maktab boʻyicha eng kambagʻal oiladan edi. Oʻqituvchining jahlini chiqargan narsa ham shu: oʻzi nima ahvolda-yu, “Kim boʻlsam ekan?” mavzusida yetti betli insho yozibdi. Yonida ilova-chizmasi ham bor — yilqichilikka moʻljallangan kattakon ferma. Insho “0” baho bilan egasiga qaytdi. Bola hayron boʻldi. Dars tugagach, oʻqituvchining oldiga rangi oqarib kirib, nega bunday baho qoʻyganini soʻradi. “Yozganlaring yoshingga toʻgʻri kelmaydi. Holingga qarab orzu qilsang boʻlmaydimi? Sen oʻylayotgan ferma uchun katta mablagʻ kerak. Oldin yer sotib olish zarur, keyin otlar, yem-xashak… 

Xullas, xom xayollaringni qoʻyib, inshoni boshqatdan yoz”. Bola xafa boʻlib uyiga qaytdi. Uzoq oʻylanib oʻtirdi. Ertasiga esa yozganlarini eski holatda oʻqituvchisiga olib bordi: “Siz bahoingizni oʻzgartirmang, men esa orzularimni…”Yillar oʻtdi. Endi nafaqaga chiqqan oʻqituvchi kattakon yilqichilik fermasiga hayrat langancha qarab turar, ichkarida bir paytlar orzulari uchun “0” baho olgan sobiq oʻquvchisi hashamatli uyda oʻtirardi. Roʻparasidagi devorda, kamin ustida esa inshoga ilova qilingan yilqichilik fermasining ramkaga solingan chizmasi bor edi... Xulosa: hech qachon birovning orzusi ustidan kulmang, sababi Ollohdan boshqa hech kim ertaga nima boʻlishini bilmaydi.

Otabek HASANOV, 

«Liderlar» kitobidan.