Kunlardan bir kun bir guruh ijodkorlar Fargʻona vodiysiga safar qilishadi. Yoʻl-yoʻlakay oʻzaro gurunglashib borishadi. Gap aylanib tilimizga munosabat masalasiga taqaladi.
– Biz gaplashganimizda mavridi boʻlsa-boʻlmasa ruscha soʻzlarni koʻp qoʻllaymiz! – deydi kimdir.
– Toʻgʻri, toʻgʻri! – boshqalar ham bu gapga qoʻshiladilar.
– Kelinglar, kim gapida ruscha soʻzni qoʻllasa bir soʻmdan (oʻsha davrda bir soʻm ham barakali pul hisoblangan−Sh.O.) jarima toʻlashga kelishib, garov oʻynaymiz! – deya taklif kiritadi Erkin aka.
– Davay, garov oʻynaymiz! – deydi Oʻtkir Hoshimov jonlanib.
– Qani, bir soʻm uchun davay! – deydi Erkin aka Oʻtkir akani darhol tilidan tutib.
Shodmon OTABEK.
