Davlat ishlarining toʻqqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.

Ishbilarmon mardlik va shijoat sohibi, azmi qatʼiy, tadbirkor va hushyor bir kishi mingminglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.

Gʻanim lashkarini yengish qoʻshinning koʻpligidan, magʻlub boʻlish esa sipohning kamligidan boʻlmaydi. Balki gʻolib boʻlmokdik Tangrining madadi va bandasining tadbiri bilandir.

Garchi ishning qanday yakunlanishi takdir pardasi ortida yashirin boʻlsa ham, aqli raso va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir.

Agar ikki xatarlik yoki bir xatarlik ishni qilishga toʻgʻri kelgudek boʻlsa, ikkovidan barobar qutulish chorasi topilmagach, bir xatarini ixtiyor etmoq kerak.

Bir ishga kirishmay turib, undan qutulib chiqish yoʻllarini moʻljallab qoʻy.

Adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini oʻzimdan rozi qildim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan odamlar koʻnglidan joy oldim.

Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim. Zolimlar yetkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, ularni shariatga muvofiq odamlar oʻrtasida muhokama qildim va bir gunohkorning oʻrniga boshqasiga jabr-zulm oʻtkazma.

Menga yomonlik qilib, boshim uzra shamshir koʻtarib, ishimga koʻp ziyon yetkazganlarni ham iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab yomon qilmishlarini xotiramdan oʻchirdim. Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yoʻl tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan shubhayu qoʻrquv boʻlsa, unut boʻlardi.

Shijoatli kishilarni doʻst tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.

“Amir Temur oʻgitlari” kitobidan.