Yaqinda poytaxtimizning «Milliy» bogʻida sportning armrestling turi boʻyicha musobqa tashkil etildi. “Shanxay hamkorlik tashkilotining sport elchilari” deb nomlangan ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Olipiya qoʻmitasi tomonidan tashkil etildi.
Professional sportchilar ishtirok etgan ushbu musobqada hamkasbimiz – Yashnobod tumani IIOFMB EKB eksperti, katta leytenant Isroiljon Shokarimov ogʻir vazn toifasida 1-oʻrin sohibi boʻldi. Gʻalaba muborak boʻlsin! Undan yanada katta-katta yutuqlarni kutib qolamiz.
Sarvar SOBIROV,
«Postda» muxbiri.
