Buxoro shahridagi Universal sport majmuasida aralash jang sanʼati boʻyicha nufuzli ATFC 27 hamda Brave CF 103 xalqaro musobaqasi oʻtkazildi. Bellashuvlarda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Hindiston, Turkiya, Rossiya, Bahrayn hamda boshqa qator davlatlardan tashrif buyurgan professional sportchilar qatnashdi. Har bir uchrashuv yuqori mahorat, jangovar ruh va qatʼiyat bilan kechib, tomoshabinlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Musobaqaning eng eʼtiborli jihatlaridan biri viloyat IIB xodimi, katta serjant Sharif Qoʻshayevni mazkur turnirdagi munosib ishtiroki boʻldi. U rossiyalik sportchiga qarshi kechgan jangda ishonchli va qatʼiyatli harakat qilib, raqibini muddatidan oldin magʻlub etdi hamda oʻzining navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.

U.SHUKURLAYEV,

mayor.

Buxoro viloyati.