Viloyat ichki ishlar organlari tarkibiy tuzilmalari, hududiy boshqarma va boʻlimlari xodimlari oʻrtasida shaxmat musobaqasi oʻtkazildi. Mazkur bahslarda Doʻstlik tumani IIB xodimi, leytenant Diyorbek Neʼmatovga teng keladigan topilmadi. Keyingi oʻrinlarni Forish tumani IIB xodimi, katta leytenant Shohjahon Salomov hamda viloyat IIB JXX JTSB xodimi, safdor Gʻulomjon Shoboʻtaev egalladi. Gʻoliblar diplom va medallar bilan taqdirlandi.
Oʻz muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
