Toshkent shahar IIBB IIBB Axborot mulʼtimedia markazining xabar berishicha poytaxtning 3-sektor hududida «Sogʻlom va barkamol oila» shiori ostida Ichki ishlar vaziri sovrini uchun sport musobaqasi va kitobxonlik bellashuvi tashkil etildi.
3-sektor rahbari – Toshkent shahar IIBB boshligʻi, general-mayor A. Toshpoʻlatov tashabbusi bilan oʻtkazilgan musobaqalarning shahar bosqichi «Jar» sport majmuasida boʻlib oʻtdi.
Tadbirni general-mayor A. Toshpoʻlatov kirish soʻzi bilan ochar ekan, musobaqa hamda kitobxonlik bellashuvida barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Sport yoʻnalishidagi musobaqada qatnashgan oilalar shashka, shaxmat, badminton, stol tennisi hamda quvnoq startlar estafetasida oʻzaro kuch sinashdi. Kitobxon oilalar esa «Eng yaxshi maʼnaviy yetuk oila» nominasiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritish uchun bellashishdi.
Qizgʻin va murosasiz bahslarga boy boʻlgan musobaqa yakuniga koʻra, gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Sarvar SOBIROV,
«Postda» muxbiri.
