Ayni kunlarda respublikamiz boʻylab Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida yoshlarning sportga boʻlgan qiziqishini oshirish, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish maqsadida bir qator ommaviy sport musobaqalari oʻtkazilmoqda. Shu maqsadda viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodim va xodimalar oʻrtasida shaxmat va shashka boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

Mazkur musobaqada boshqarmaning sohaviy xizmatlari va barcha shahar-tuman IIB yosh xodimlari ishtirok etishdi. Juda qizgʻin va murosasiz oʻtgan musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar boshqarma boshligʻining diplom hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

J.SHUKURLAYEV,

kapitan.

Buxoro viloyati.