IIV Xorazm akademik litseyida 101 va 107-guruhlar oʻquvchilari oʻrtasida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan “Biz kimmiz, qanday buyuk insonlarning avlodimiz!” mavzusida bilimdonlar bellashuvi boʻlib oʻtdi.
Tadbirni litsey direktori, podpolkovnik L.Yakubov ochib, buyuk sarkarda Amir Temurning hayoti va davlat boshqaruvidagi faoliyatiga toʻxtalib oʻtdi. Tadbirda litseyning tarix fani oʻqituvchisi S.Uskinov “Amir Temurning harbiy salohiyati va qoʻshin boshqaruvi” mavzusida maʼruza qildi.
Shundan soʻng oʻquvchilar “Aql charxi”, “Zukkolar bellashuvi” hamda “Temur tuziklari bilimdoni” shartlari boʻyicha oʻzaro bellashishdi. Tadbirda Amir Temurning davlat boshqaruvi haqidagi videoroligi hamda oʻquvchilar tomonidan sahna chiqishlari namoyish etildi.
Yakunda bellashuv gʻoliblari litsey rahbariyati tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Hayotxon BOYMURZAYEVA,
IIV Xorazm akademik litseyi oʻqituvchisi.
