Oʻzbekiston iftixori
Oʻzbek sportining yorqin vakili, futbol boʻyicha Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami Ravshan Irmatov 1977 yil 9 avgust kuni tugʻilgan. FIFA referisi sifatida faoliyat olib borgan Ravshan Sayfuddinovich futbol boʻyicha jahon chempionatlarida eng koʻp oʻyin boshqargan hakamdir. U JAR-2010 mundialida 5 ta, Braziliya-2014 mundialida 4 ta va Rossiyada oʻtgan jahon chempionatida 2 ta, jami 11 ta uchrashuvni boshqarib borgan. Bir necha bor klublar oʻrtasidagi JCh, Osiyo kubogi va OChL va boshqa nufuzli musobaqalarning asosiy oʻyinlarida hakamlik qilgan. 2015 yil esa jahonning eng yaxshi referisi deb topilgan. Ravshan Sayfuddinovichnnig bunday xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib baholanib, "Buyuk xizmatlari uchun" va "El-yurt hurmati" ordenlari, "Oʻzbekiston iftixori" faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Hozirda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston futbol assosiasiyasining birinchi vise-prezidenti lavozimlarida faoliyat olib bormoqda.
