Ispaniya ikkinchi divizion futbol jamoalari boʻlmish “San Isidro” va “Olimpiko Karrante” oʻrtasidagi uchrashuvning tugashiga uch daqiqa qolganida, ikkala jamoa vakillari ham hakam qaroridan norozi boʻlib, uni oʻrab olishadi. 

Ammo, qaroridan qaytmagan hakam esa, hech ikkilanmasdan, maydondagi barcha futbolchilarga qizil kartochka koʻrsatadi. 

***

Dunyoning mashhur hakamlaridan biri, germaniyalik Dushning taqdiri kutilmagan voqea tufayli oʻzgarib ketadi. Yaʼni, mamlakat chempionatining navbatdagi tur uchrashuvida havodan kelayotgan toʻpga yetib bora olmasligini bilgan darvozabon Dush, uni shunaqan-gi kuchli zarb bilan uradi-ki, afsuski musht, toʻpga emas, balki, raqib hujumchisining yuziga tegib, futbolchi shu zahotiyoq maydonga yiqiladi.  

Hakam esa, buni ataylab qilgan harakat deb, Dushni maydondan haydaydi. Bu ham yetmaganidek, tartib-intizom qoʻmitasi tomonidan bir yilga futboldan ham chetlatadi. Uning oʻzini oqlash uchun qilgan barcha harakatlari zoe ketadi. Shu tariqa Dush, futbolchilikdan hakamlikka oʻtib ketgan edi.

“Postda” muxbiri Mixli SAFAROV tayyorladi.