Ichki ishlar vazirining “Xavfsiz hayot uchun” marafonini oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoyishiga asosan, 5-mart kuni respublikamizning barcha hududlarida, jumladan, Buxoro shahrida “Xavfsiz hayot uchun” shiori ostida velosport hamda tez yurish marafonlari oʻtkazildi. Marafonda viloyat huquq-tartibot organlari xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, yoshlardan iborat 5000 mingdan ortiq sport ixlosmandlari ishtirok etishdi.
Bellashuv Buxoro shahridagi “Sitora” istirohat bogʻidan to “Ark” qoʻrgʻoni hududigacha boʻlgan 3 km masofada oʻtkazildi. Marraga birinchi boʻlib kelgan gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar hamda taqdirlanishdi.
Shahnoza IBODOVA,
katta leytenant.
Buxoro viloyati.
