Buxoro shahrida mustaqilligimizning 32 yilligiga bagʻishlab, “Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofada va bir maqsad sari yuguramiz” shiori ostida “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni boʻlib oʻtdi. “Sitora” istirohat bogʻi oldidan “Shahriston” maydoniga qadar boʻlib oʻtgan marafon aholi va yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni maqsad qilgani bilan ahamiyatli boʻldi.
Marafonda 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan 6,5 mingga yaqin aholi faol ishtirok etdi. Yakunda gʻoliblar medal, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
