Buxoroda oʻtkazilgan sportning sambo va jangovar sambo turlari boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ham munosib ishtirok etishdi. 21 ta vazn toifasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardan tashrif buyurgan 365 nafar sportchilar orasida Buxoro viloyati IIB TVBSO xodimlari quyidagi natijalarni qoʻlga kiritishdi. Jumladan, sportning sambo turida 88 kg vazn toifasida serjant Xudoyor Ibroimov birinchi, 79 va 71 kg vazn toifalarida serjantlar Umid Abdullayev hamda Ubaydullo Moʻminov ikkinchi oʻrinlarni egallashdi.
Shuningdek, sportning jangovar sambo turi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda ham vakillarimiz faol qatnashdi. Katta serjantlar Sharif Qoʻshayev (71 kg vazn toifasida) hamda Suxrob Ergashov (79 kg vazn toifasida) birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Gʻolib va sovrindorlar qimmatbaho sovgʻalar, diplom va medallar bilan taqdirlandi.
A.ZAYNIYEV,
safdor.
Buxoro viloyati.
