Qashqadaryo viloyati IIB tarkibiy boʻlinmalari va sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman IIBlari xodimlari oʻrtasida stol tennisi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
Qizgʻin kechgan musobaqaning erkaklar oʻrtasidagi bahslarida 1-oʻrinni Dehqonobod tumani IIB HPB profilaktika inspektori, leytenant Suhrob Bobomurodov qoʻlga kiritdi. Navbatdagi sovrinli oʻrinlarni viloyat IIB M va MTTB hisobchisi, safdor Azizbek Aʼzamov va Gʻuzor tumani IIB HPB profilaktika inspektori, leytenant Maʼmurjon Boʻronov band etdi.
Xotin-qizlar oʻrtasida Qarshi shahar IIOFMB VEBIG katta inspektori, podpolkovnik Adolat Begimova barcha raqiblaridan ustunligini namoyish etdi. Viloyat IIB JXX VEIHYoKM boshligʻi, mayor Gulmira Turdiboeva 2-oʻrinni, Qarshi shahar IIOFMB XQMB katta inspektori, leytenant Nargiza Maqsadova 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Gʻoliblar boshqarma rahbariyatining diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Sherzod BERDIQULOV,
kapitan.
Qashqadaryo viloyati.
