Joriy yilning 27–29-yanvar kunlari Portugaliyaning Almada shahrida dzyudo boʻyicha Gran-pri musobaqasi boʻlib oʻtdi. Nufuzli musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi. Jamoa tarkibida 66 kg vazn toifasida Toshkent shahar IIBB xodimi Muhriddin Tilovov qatnashib, murosasiz kechgan kurashlarda raqiblari ustidan ishonchli gʻalaba qozonib, oltin medalʼ sohibiga aylandi.
Gʻalaba muborak boʻlsin Muhriddin!
Sarvar SOBIROV,
“Postda” muxbiri.
