Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarning jangovar shayligi va jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida “Fidoyi xodima” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda ishtirokchilardan ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash yuzasidan 100 metr masofaga yugurish va kompleks mashqlarni bajarish, “Makarov” toʻpponchasini toʻliqsiz qismlarga ajratish, yigʻish hamda amaliy oʻq otish mashgʻulotlari, test sinovlari qabul qilindi.
Yakuniy natijalarga koʻra faxrli 1-oʻrinni viloyat IIB JXX HPB VEIHYOK markazi tarbiyachisi, katta serjant Muhayyo Norqulova qoʻlga kiritdi. Navbatdagi sovrinli oʻrinlarni esa Kitob tumani IIB JXX HPB XQMB katta inspektori, mayor Dilabza Sevinova va viloyat IIB JXX HPB VEIHYOK markazi boshligʻi, mayor Gulmira Turdiboyeva band etdi.
Gʻolib tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi.
Zarina KENJAYEVA,
podpolkovnik.
Qashqadaryo viloyati.
