Yaqinda IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan 7535-harbiy qismda sportning kurash turi boʻyicha qoʻmondon kubogi musobaqasi oʻtkazildi.
Qizgʻin bahslar davomida raqiblaridan oʻz tajribasi va mahoratining ustunligi bilan ajralib turgan poytaxtimizdagi 7534-harbiy qism jamoasi 3 ta oltin va 2 ta kumush medalni qoʻlga kiritib, kubok sohibiga aylanishdi. Keyingi pogʻonalarni esa, qoʻshinlarga qarashli 7531 va 7535-harbiy qism sportchilari zabt etishdi.
Gʻoliblar tantanali ravishda taqdirlandi.
Oʻz muxbirimiz.
