IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Samarqand viloyatida joylashgan 7252-harbiy qismda viloyat IIB bilan hamkorlikda mutaxassis xodimlarni jalb qilgan holda shaxsiy tarkibga portlovchi moddalarning turlari va xususiyatlari hamda ularni zararsizlantirish boʻyicha oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

 Mashgʻulot davomida harbiy xizmatchilar soha mutaxassislaridan oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. 

Mashgʻulot yakunida muhandis sapyor tomonidan portlovchi moddani zararsizlantirish boʻyicha koʻrgazmali mashgʻulot oʻtkazildi. 


Xomidjon YUSUPOV,

Qism komandiri,

Podpolkovnik.