IIV JIED Toʻrtinchi mintaqaviy hudud muvofiqlashtirish markazi tasarrufidagi jazoni ijro etish koloniyalari, manzil koloniyalari va tergov hibsxonalari yosh xodimlari oʻrtasida kurash musobaqasi oʻtkazildi.

Qizgʻin va murosasiz bahslarda 2-sonli jazoni ijro etish koloniyasi davolash-profilaktik yordam koʻrsatish boʻlimi feldsheri, katta serjant Hidoyat Eshmurodov gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Sherzod ESHMURODOV,

kapitan.

Qashqadaryo viloyati.