Xiva shahrining “Ichan qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasiga qarashli hududida viloyat maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida uchinchi bolalar velomarafoni oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda ikki yuz nafardan ziyod yosh velomarafonchilar ishtirok etishdi. Hakamlar hayʼati yosh sportchilarning velomarafon talab va qoidalariga rioya etishini qatʼiy nazorat etib, xolisona baholab borishdi. Musobaqa gʻolibi va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib tarzda ragʻbatlantirildi. 

Shu kuni tadbir ishtirokchilari “Ichan qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasi boʻylab sayohat qilishdi. 

Viloyat IIB XTTB hamda barcha sohaviy xizmatlar xodimlari tadbir ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrishdi. 

Xudoybergan JABBOROV,

“Postda” muxbiri.

Xorazm viloyati.