Gulistondagi «Dinamo» sport majmuasida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari terma jamoalari oʻrtasida sambo boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Musobaqada jami 10 ta terma jamoa turli vazn toifalari boʻyicha gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.  

Yakuniy natijalarga koʻra, umumjamoa hisobida birinchi oʻrin Sirdaryo viloyati IIB terma jamoasiga, ikkinchi oʻrin viloyat boʻyicha Milliy gvardiya boshqarmasiga va uchinchi oʻrin Chegara qoʻshinlariga qarashli 9252-harbiy qism terma jamoasiga nasib etdi.

Musobaqa soʻngida gʻoliblar «Dinamo» JTSJ Sirdaryo viloyati kengashining diplom, medalʼ hamda qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi. 

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

“Postda”muxbiri.

 Sirdaryo viloyati.