Tarbiyaviy-profilaktik oylik doirasida soha xodimlarining jangovar shayligini oshirish maqsadida Fargʻona viloyati Quva tumani Ichki ishlar boʻlimi shaxsiy tarkibi oʻrtasida sport musobaqalari oʻtkazishga alohida eʼtibor berilmoqda.

Kuni kecha sportning qoʻl jangi turi boʻyicha turnir oʻtkazildi. Unda 75 kg., 85 kg. va +90 kg. vazn toifasida 30 ga yaqin soha xodimlari ishtirok etib, oʻzaro bahs olib borishdi.

 Yakunda gʻoliblikka erishgan ishtirokchilar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.