Ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish doim eʼtibordagi masala boʻlib kelgan. Negaki jismonan sogʻlom va har jihatdan chiniqqan xodimgina osoyishtalikni taʼminlashga, jinoyatchilikka qarshi kurashishga qodir boʻladi.
Shu maqsadda poytaxt markazidagi IIV «Jar» sport- sogʻlomlashtirish kompleksida «IIV «Jar» SSK bilan sogʻlom turmush sari» shiori ostida sport musobaqalariga start berildi. Davlatimiz rahbarining «Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni ijrosi doirasidagi ushbu musobaqalarda kompleks xodim va xodimalari ishtirok etishmoqda. Dastlabki bosqichda mini-futbol, yugurish, stol tennisi va arqon tortish bahslari boʻlib oʻtmoqda.
Kompleks Axborot xizmati
