Alpomish avlodidan boʻlgan asli boysunlik kurashchi Muzaffarbek Toʻraboyevning ketma-ket erisha­yotgan muvaffaqiyatlarini koʻrib, otasi – milliy kurash boʻyicha Oʻzbekiston va jahon chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi Toshtemir Muhammadiyevning qalbi gʻurur va iftixorga toʻlgani shaksiz. 

Bolalik chogʻlaridan mazkur sport turi bilan shugʻullanib kelayotgan Muzaffarbek bugungi kungacha yurtimiz va xalqaro doiradagi turli musobaqalarda 30 dan ortiq medal va kuboklarni qoʻlga kiritib, oʻzining naqadar mahoratli sportchi ekanli­gini barchaga namoyish etdi.

U ilk bellashuvda qozogʻistonlik Nurlixan Sharxan bilan kuch sinashib, raqibini qisqa fursatda «ippon» bahosi bilan magʻlub etdi. Chorak finalda Niderlandiya vakili Mixail Korrelni ham dogʻda qoldirdi. Faqat yarim finalda ozarbayjonlik Zelim Kosoyevga imkoniyat boy berildi. 

– Murabbiylarim bilan oʻtgan mashgʻulotlarda toʻrt yillikning eng nufuzli muso­baqasiga qoʻldan kelgancha tayyorgarlik koʻrdik, – deydi olimpiada sovrindori Muzaffar Toʻraboyev. – Biz sportchilarga barcha sharoitlarni yaratib berayotgani uchun muhtaram Prezidentimizga minnatdorlik bildiraman. Va ishontirib aytamanki, keyingi Olimpiya oʻyinlarida, albatta, gʻolib boʻlaman!


Mixli SAFAROV,

oʻz muxbirimiz.