Yaqinda IIV Qorovul qoʻshinlari harbiy xizmatchilari oʻrtasida futbol boʻyicha “Qoʻshin kubogi” musobaqasi oʻtkazildi.
Navoiy shahridagi “Kimyogar” oʻyingohida tashkil etilgan mazkur bahslarda 9 ta jamoa gʻoliblik uchun oʻzaro kurash olib borishdi.
Qizgʻin va murosasiz oʻtgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga koʻra, 7536-harbiy qism jamoasi shohsupaning yuqori pogʻonasidan joy olib, kubok sohibiga aylangan boʻlsa, keyingi oʻrinlar 7533 va 7534-harbiy qism futbolchilariga nasib etdi.
Gʻoliblar diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Vadim TOʻXTAYEV,
IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi
axborot guruhi boshligʻi, oddiy askar.
