Jizzax viloyati IIB boshligʻi kubogi uchun sohaviy xizmatlar hamda hududiy ichki ishlar boshqarma va boʻlimlari xodimlari oʻrtasida mini futbol musobaqasi boʻlib oʻtdi. Ikki kun davom etgan va 19 ta jamoa qatnashgan bahslarda birinchi oʻrinni Jizzax shahar IIB jamoasi qoʻlga kiritdi. Keyingi oʻrinlarni viloyat IIB TVBSO hamda Arnasoy tumani IIB jamoalari egalladi.
Oʻz muxbirimiz.
