Mamlakatimiz boʻylab keng quloch yozgan “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni Fargʻonada ham koʻtarinki ruhda oʻtkazildi. Fargʻona shahridagi “Samo” sport majmuasidan boshlanib, Islom Karimov nomli teatr va konsert saroyi hududiga qadar davom etgan mazkur ommaviy tadbirda oʻz salomatligiga befaqr boʻlmagan, sport bilan oshno tutingan yetti yoshdan yetmish yoshgacha boʻlgan minglab yurtdoshlarimiz ishtirok etdi.
Tadbir yakunida gʻoliblar munosib ragʻbatlandirildi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
