6-dekabr – Ichki ishlar vazirligi tarkibidagi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi tashkil topganligiga 15 yil toʻldi. Ushbu sana munosabati bilan Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasida majmuaviy toʻsiqlar yoʻlagidan oʻtish boʻyicha sport musobaqasi oʻtkazildi.

Musobaqada Fargʻona viloyati IIB tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi, birinchi va ikkinchi mintaqaviy hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadlar, Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda “Fargʻona” xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash batalyoni terma jamoalari oʻzaro kuch sinashdi.

Doʻstona oʻtgan musobaqada terma jamoalar gʻoliblik uchun qizgʻin bahs olib borishdi.

Bellashuvlar yakunlangach, tantanali tadbir tashkil etilib, gʻolib jamoalar va musobaqada faol ishtirok etgan xodimlar diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi tashkil topganligiga 15 yil toʻlishi munosabati bilan bir guruh xodimlar vazirlik Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining koʻkrak nishonlari bilan mukofotlandi.

Mukofotlarni Fargʻona viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari – Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Fayzulla Ortiqboev oʻz egalari topshirdi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.