Ayni paytda joylarda “Eng yaxshi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar targʻibotchisi” tanlovining hududiy bosqichlari oʻtkazilmoqda. Buxoro viloyatida boʻlib oʻtgan mazkur tanlovda viloyat IIBning ayrim sohaviy xizmat va shahar-tumani IIB boshligʻining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari toʻrtta shart boʻyicha bellashdi.
Tanlovning yakuniy natijasiga koʻra, viloyat IIB TVBSO komandirining tarbiyaviy ishlari boʻyicha oʻrinbosari, mayor Alisher Nazarov birinchi oʻrinni egalladi va tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Viloyat IIB JTSB PPX batalyoni komandirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, mayor Feruz Xayriyev ikkinchi, Buxoro shahar IIOFMB boshligʻining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik Sobir Qurbonov esa uchinchi oʻrinlarga loyiq topildi.
Gʻoliblar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi.
F.USMONOV,
kapitan.
Buxoro viloyati.
