Namangan viloyati IIBda xizmat qilayotgan hududiy profilaktika inspektorlari uchun tashkil etilgan 4-oʻquv yigʻinida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri oʻtkazildi, deya xabar bermoqda viloyat IIB Axborot xizmati. "Vatanparvarlik" oyligi doirasida yakka kurash ustalari hamkorligida Mudofaaga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotida tashkil etilgan tadbirga IIV Namangan akademik liseyi oʻquvchilari, faol yoshlar va faxriylar taklif etildi.  

"Ochiq eshiklar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan turli sport musobaqalari va kitoblar koʻrgazmasi ishtirokchilarga manzur boʻldi. 

Gulchehra BUVAMIRZAYEVA, 

"Postda" muxbiri.

Namangan viloyati.