IIV Qashqadaryo akademik liseyi oʻquvchilari oʻrtasida “Men xalq posboniman” nomli harbiy-sport oʻyinlari musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Musobaqada oʻquvchilar jamoalarga birlashgan holda gaz niqobini kiyish, avtomatni toʻliqsiz qismlarga ajratish va yigʻish, tosh koʻtarish, arqon tortish boʻyicha oʻzaro bellashdilar.
Hakamlar hayʼati tomonidan baholab borilgan musobaqa yakunida barcha yoʻnalishlar boʻyicha jamoa hisobida 1-oʻrinni 22-06 guruh, 2-oʻrinni 22-03 guruh, 3-oʻrinni 22-08 va 22-05 guruhlar egalladi.
Gʻolib va sovrindorlar diplom, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
