15-19 dekabr kunlari Fargʻona shahridagi “Samo” sport majmuasida "Universal jang" federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan yoshlar va kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston kubogi musobaqalari oʻtkazildi. Undan mamlakatimizning barcha hududlaridan 20 dan ziyod jamoalar ishtirok etib, gʻoliblik uchun bahs olib bordilar.
Ichki ishlar vazirligi terma jamoasi mazkur musoqabada faxrli 1-oʻrinni egallab, sohibiga aylandi.
Milliy gvardiya jamoasi faxrli 2-oʻrinni, Favqulodda vaziyatlar vazirligi jamoasi esa 3- oʻrinni qoʻlga kiritdi.
