IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Qashqadaryo viloyati kengashi taqvimiy rejasiga asosan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar jamoalari oʻrtasida pnevmatik quroldan oʻq otish boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.
Musobaqaning pnevmatik pistoletdan oʻq otish bahslarida 1-oʻrinni 55159-harbiy qism harbiy xizmatchisi, oddiy askar Abdusodiq Mahmudov, 2-oʻrinni Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi harbiy xizmatchisi, III darajali serjant Pozilbek Talibayev, 3-oʻrinni IIV XAXT qoʻshinlariga qarashli 7256-harbiy qism harbiy xizmatchisi, kapitan Laziz Haydarov qoʻlga kiritdi. VP-1 qurolidan oʻq otishda esa 1-oʻrinni 55159-harbiy qism harbiy xizmatchisi, serjant Otabek Ahmadjonov band etdi. Navbatdagi sovrinli oʻrinlar 55159-harbiy qism harbiy xizmatchisi, serjant Shamshod Kattaxonov va viloyat IIB xodimi, katta serjant Farrux Fayzullaevga nasib etdi.
Shuningdek, musobaqaning xotin-qizlar oʻrtasida pnevmatik pistoletdan oʻq otish bahslarida 55159-harbiy qism harbiy xizmatchisi, oddiy askar Nargiza Rashidova, IIV XAXT qoʻshinlariga qarashli 7256-harbiy qism harbiy xizmatchisi, kichik serjant Nodira Kattamova, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi harbiy xizmatchisi, III darajali serjant Marjona Botirova sovrinli oʻrinlarni egalladi.
Umumjamoa hisobida 55159-harbiy qism jamoasi gʻolib deb topildi. Keyingi oʻrinlarni esa Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi hamda IIV XAXT qoʻshinlariga qarashli 7256-harbiy qismi jamoalari qoʻlga kiritdi.
Gʻoliblar diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
