IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7531-harbiy qismda xizmat qilayotgan osoyishtalik posbonlari oʻrtasida sportning voleybol turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
Unda barcha batalyonlardan tuzilgan 7 ta jamoa gʻoliblik uchun oʻzaro kurash olib borishdi. Qizgʻin va murosasiz oʻtgan bahslar davomida Taʼminot batalyoni sportchilari yakka peshqadamlikni qoʻldan bermagan boʻlsa, 2- va 1-batalyon jamoalari esa, keyingi oʻrinlarni band etishdi.
Tadbir yakunida gʻolib va sovrindorlar harbiy qism komandirining diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Mixli SAFAROV,
oʻz muxbirimiz.
