Joriy yilning 21-25-avgust kunlar IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari qoʻmondonligida mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan katta sport bayrami boʻlib oʻtdi.

Taʼkidlash kerakki, bu kabi ommaviy sport tadbirlari qoʻshin qoʻmondonligida muntazam oʻtkazilib kelinadi. Harbiy xizmatchilarining jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish, sport bilan muntazam shugʻullanishini yoʻlga qoʻyish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan musobaqalarda ishtirokchilar minifutbol, basketbol, arqon tortish va harbiy estafeta musobaqalarida oʻzaro kuch sinashdi. Musobaqalarning adolatli va sifatli oʻtishini taʼminlash maqsadida soha mutaxassislari jalb qilindi.

Musobaqaning final bahslarini qoʻshin qoʻmondoni, polkovnik Sh. Xudaynazarov bevosita kuzatib bordi. 

Oʻz muxbirimiz.