Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida Malaka oshirish institutining Olmaliq shahridagi oʻquv bazasida tashkil etilgan maxsus oʻquv kursi tinglovchilari bilan “Sogʻlom avlod uchun” shiori ostida “Marafon” musobaqasi oʻtkazildi.
“Vatanparvarlik oyligi” doirasida tashkil etilgan mazkur 3 ming metr masofaga yugurish musobaqasida Institut boshligʻi, polkovnik Olimjon Axmedov, IIV “JAR” sport-sogʻlomlashtirish kompleksi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Shuhrat Anvarov, shuningdek, jismoniy tayyorgarlik kafedrasi oʻqituvchilari hamda saf qismi ofitserlari va tinglovchilar qatnashdi.
Musobaqada 1-otryad tinglovchisi, Jizzax viloyati Zafarabod tumani IIB HPB profilaktika inspektori leytenant Shahzod Hasanov faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. 2-otryad tinglovchilari, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani IIB VEBIG inspektor-psixologi, leytenant Zokir Hayitov va Nishon tumani IIB HPB profilaktika inspektori, katta leytenant Gʻiyos Pardayev keyingi oʻrinlarni egalladi.
IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati.
