Viloyat IIB tashabbusi bilan Shofirkon tumanida “Sogʻlom hayot sari–5000 qadam” hamda “Xavfsiz hayot uchun” shiorlari ostida piyoda yurish marafoni oʻtkazildi. Marafonda viloyat IIB va sektor rahbarlari, huquq-tartibot organlari xodimlari, nuroniylar hamda 2000 dan ortiq uyushmagan yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Shuningdek, fuqarolarni hushyorlikka va ogohlikka chaqirish maqsadida tumanning markaziy koʻchalari boʻylab “Targʻibot avtokarvoni” ham tashkil etildi. Unda yoʻl-transport hodisasiga uchragan avtomobillar koʻrgazmasi harkatlantirildi.

U.SHUKURLAYEV,

kapitan.

Buxoro viloyati.