IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7531-harbiy qismda “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” munosabati bilan mini futbol boʻyicha musobaqa tashkil etildi.
Murosasiz bahslarga boy tarzda oʻtgan mazkur bellashuvlar yakuniga koʻra, unda ishtirok etgan 7 ta jamoa orasida Maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodi sportchilarining tajribasi ustun kelib, shohsupaning yuqori pogʻonasini egallashdi.
Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib ravishda taqdirlandi.
Mixli SAFAROV,
oʻz muxbirimiz.
