Joriy yilning 5 – 10-yanvarida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy xizmatchilari oʻrtasida sportning shaxmat, stol tennisi va voleybol turlari boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi. Murosasiz va bahslarga boy boʻlgan musobaqalar yakuniga koʻra, shaxmat boʻyicha 2-oʻrinni tibbiy xizmat mayori Sanjar Mamarasulov egalladi. Faxrli 1-oʻrinni leytenant M. Qutbiddinov qoʻlga kiritdi. Stol tennisi musobaqasida 2-oʻrin kichik serjant Foziljon Axmadalievga nasib etdi. Birinchi oʻrinni podpolkovnik Azizbek Yunusov egalladi. Qizgʻin va shiddatli kechgan voleybol musobaqasida esa 2-oʻrinni "Shtab" jamoasi qoʻlga kiritdi. Sportning bu turida "Texnika" jamoasiga teng keladigan raqib topilmadi. Bayramga bagʻishlangan sport musobaqalari qoʻshin harbiy qismlarida koʻtarinki ruhda davom etmoqda.
Oʻktamjon MUSURMONQULOV,
podpolkovnik.
