Navoiy viloyati IIB tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʻlinmalari xodimlari oʻrtasida “Kasbiy olimpiada oʻyinlari” oʻtkazildi. Ushbu sport musobaqasida jami 100 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi. Ular toʻsinda tortilish, 100 m, 1000 m va 3000 m masofalarga yugurish, toʻsiqlar osha yugurish, suzish, oʻq otish, qurollarni notoʻliq qismlarga ajratish va yigʻish boʻyicha oʻzaro bahslashishdi. Shuningdek, kasbiy tayyorgarlik, Kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi boʻyicha test sinovlaridan oʻtishdi. 

Yakuniy natijalarga koʻra, erkaklar oʻrtasida Sirojiddin Obloqulov “Eng yaxshi safdor” , Alisher Zokirov “Eng yaxshi serjant”, katta leytenat Eldor Nosirov “Eng yaxshi kichik ofiser”, mayor Maqsud Yuldoshev “Eng yaxshi katta ofitser” sifatida eʼtirof etildi. Xotin-qizlar oʻrtasida esa Gulina Obloqulova “Eng yaxshi safdor”, katta leytenant Karina Tagayeva “Eng yaxshi kichik ofitser”, mayor Surayyo Husanova “Eng yaxshi katta ofitser” yoʻnalishida gʻolib boʻlishib, respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

Mahliyo XOLOVA,

oʻz muxbirimiz.

Navoiy viloyati.