Andijonda “Andijon viloyati kubogi” uchun erkaklar va ayollar jamoalari oʻrtasida voleybol boʻyicha turnir boʻlib oʻtdi.
Musobaqada viloyat IIB va oliy taʼlim muassasalari terma jamoalari hamda viloyat tumanlaridan kelgan jamoalar ishtirok etishdi.
Musobaqa yakunlariga koʻra, erkaklar jamoalari oʻrtasida birinchi oʻrinni “Kezar” (Andijon shahri) sport klubining terma jamoasi, ikkinchi oʻrinni Andijon viloyati IIB sportchilari egallagan boʻlib, Andijon davlat universiteti jamoasi shohsupaning uchinchi pogʻonasidan oʻrin oldi.
Xotin-qizlar oʻrtasida Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi gʻolib deb topildi, ikkinchi oʻrinni Baliqchi tumani sportchilari, uchinchi oʻrinni esa Marhamat tumanidan kelgan voleybolchilar qoʻlga kiritishdi.
Turnir gʻoliblariga kuboklar va sovrindorlarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi.
Boris KLEYMAN.
