Toshkentda poytaxt IIBBning sohaviy va hududiy boʻlinmalarida xizmat qilayotgan xodimalar oʻrtasida voleybol boʻyicha musobaqaning hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi. Ikki kun davomida jamoalar ichki ishlar vaziri kubogi gʻolibiga aylanish uchun kurash olib borishdi.

Keskin va murosasiz tarzda oʻtgan uyinlar natijasida Yakkasaroy tumani IIOFMB jamoasi birinchilikni qoʻlga kiritdi. IIBB markaziy apparati xodimalari 2-oʻrinni egallashdi. 3-oʻrin esa Shayxontohur tumani IIOFMB jamoasiga nasib etdi.

Gʻoliblarga IIBB rahbariyati tomonidan diplom, kubok, medal va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Sarvar SOBIROV,

oʻz muxbirimiz.

Toshkent shahri.